REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Sobig‘ UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida rossiyalik kurashchi Ahmad Gadjimagomedovga murojaat qilib, uning oila a’zolarini haqoratlagani uchun uzr so‘radi. Home of Fight ma’lumotiga ko‘ra, ushbu post keyinchalik o‘chirib tashlangan.

Mojaroning ildizi va uzr so‘rash sababi Gap iyul oyida Tbilisida RAF turniri oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yuz bergan ziddiyat haqida ketmoqda. Dvalishvili o‘z murojaatida voqea tafsilotlariga to‘xtaldi:

«Ahmad, o‘sha voqeadan keyin nima bo‘lganini ikkalamiz ham yaxshi bilamiz: qo‘l berib ko‘rishdik va kelishmovchilikka nuqta qo‘ygandik. Biroq keyinroq sening oilangni haqoratlaganim aks etgan video tarqaldi. Buning uchun sendan uzr so‘ramoqchiman — bunday qilish niyatim yo‘q edi. Sen oldimga kelib, meni ushlab, boshqa tilda baqira boshlaganingda kimligingni ham bilmasdim. Bu masalaga yakun yasashimiz kerak. Umumiy tanishlarimiz talaygina. Agar uchrashishni xohlasang, menga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoz», — dedi gruziyalik sportchi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Abu-Dabidagi mushtlashuv va sud hukmi Avvalroq Abu-Dabidagi mehmonxonada Usmon Nurmagomedov va uning sheriklari Merab Dvalishviliga hujum qilgani, tarqalgan kadrlarda rossiyalik jangchining unga tarsaki tushirgani va ortidan mushtlashuv boshlangani haqida xabar berilgandi.

UFC chempioni Islom Maxachev bu mojaroni iyul oyida Tbilisida Dvalishvili va Gadjimagomedov o‘rtasida kechgan janjalning davomi deb baholagan. Abu-Dabi politsiyasi mushtlashuvda ishtirok etgan 8 kishi hamda voqeani tasvirga olgan yana 2 nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. Yakunda Usmon Nurmagomedov va yana 7 kishi 6 oylik qamoq jazosiga, keyinchalik deportatsiya qilinishga hamda 300 ming dirham jarimaga hukm etilgan, yana ikki kishiga 50 ming dirhamdan jarima belgilangan. Dvalishvili esa keyinchalik hibsga olingan barchani ozod qilishga chaqirgan.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama