Aralash yakkakurashlar olamida yana bir yirik mojaro kelib chiqdi. PFL yengil vazn toifasidagi chempion rossiyalik Usmon Nurmagomedov va uning jamoasi sobiq UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili bilan mushtlashib qoldi.
Mehmonxona xolidagi to‘qnashuv Hodisa Abu-Dabidagi mehmonxonalardan birining xolid sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, Merab Dvalishvili turgan paytda Usmon Nurmagomedov o‘z sheriklari bilan uning ortidan kelib, kutilmaganda musht solgan.
Voqeadan so‘ng qattiq g‘azablangan Dvalishvili videomurojaat yo‘llab, yuz bergan holatni keskin qoraladi:
«Sizlar juda ayyorsizlar. Abu-Dabidagi mehmonxonada men va do‘stim turgan edik. Usmon Nurmagomedov va uning do‘stlari orqamizdan kelishdi. Gaplashish o‘rniga mushtlashishni tanladingizlarmi? Bu nimasi? Siz haqiqiy jangchilar yoki erkaklar emassiz. Agar jang qilmoqchi bo‘lsangiz, keling, oktagonda jang qilaylik. Siz esa orqadan hujum qilyapsizlar», — dedi gruziyalik sportchi.
Moziyga tutash ziddiyat Usmon Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasidagi keskinlik bir kechada paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Tomonlar o‘rtasidagi sovuqchilik 2025-yilning yanvar oyida Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedovni mag‘lub etganidan keyin boshlangandi. Shundan so‘ng Merab dog‘istonlik jangchilarga nisbatan bir necha bor provokatsion va keskin bayonotlar bergandi.
