REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

AQSH prezidenti Donald Tramp kutilmagan siyosiy tashabbus bilan chiqib, UFC prezidenti Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi lavozimini egallashni taklif qildi. Shuningdek, Amerika yetakchisi o‘z ma’muriyatida Habib Nurmagomedov va Islom Maxachev kabi mashhur MMA yulduzlarini ham ko‘rish istagida ekanini ma’lum qildi.

Tramp kimlarni Oq uyda ko‘rmoqchi? Prezident ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan murojaatida Uaytdan o‘zi bilan birga eng nomdor jangchilarni yordamchi sifatida olib kelishni so‘ragan:

«Dana Uaytga AQSH prezidentining matbuot kotibi lavozimini taklif qilganimni mamnuniyat bilan e’lon qilaman. Undan hatto boshqa davlat fuqarolari bo‘lsa-da, o‘zi bilan yordamchilarini olib kelishini so‘radim. Ular orasida Islom Maxachev, Habib Nurmagomedov, Jastin Getji, Daniel Kormye, Amanda Nunyes va Kayla Harrison bor. Bizni ashaddiy raqiblarimizdan himoya qilish uchun aynan shunday insonlar kerak. Dana hech kimga o‘xshamaydigan matbuot kotibi bo‘ladi. Dana, iltimos, rozi bo‘l!» — deya yozgan Tramp.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Matbuot kotibi atrofidagi kutilmagan nomzodlar Oq uyda mazkur lavozim bo‘shab qolishiga sobiq matbuot kotibi Keti Zaxariyaning tayinlovdan atigi bir hafta o‘tib kutilmaganda ishdan ketishi sabab bo‘lgan. Bunga qadar Trampning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Stiven Chung prezidentning «ashaddiy muxlisi» hisoblangan mashhur reper Niki Minajni ushbu vazifaga tayinlash taklifini ilgari surgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Dana Uayt ko‘p yillardan beri UFC’ni boshqarib kelmoqda. Islom Maxachev promoushenning yengil va yarim o‘rta vazn toifalarida amaldagi chempioni sanaladi, Habib Nurmagomedov esa UFC Shon-sharaf zalidan joy olgan.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama