AQSHning Filadelfiya shahrida o‘tkazilgan UFC 330 turnirining markaziy jangida yarim o‘rta vazn chempioni Islom Maxachev irlandiyalik Yan Gerriga qarshi oktagonga chiqdi.
🏆 Chempionlik kamari uchun kechgan jang 5 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan Maxachev g‘alaba qozondi va kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bu g‘alaba Maxachev uchun faoliyatidagi 29-muvaffaqiyat bo‘ldi. Uning professional rekordida hozirda 29 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.
🔥 Eng e’tiborli jihati — Maxachev UFC’dagi ketma-ket g‘alabalari sonini 17 taga yetkazdi. Shu orqali u promoushen tarixida braziliyalik afsona Anderson Silvaning rekordini yangiladi.
Yan Gerri esa professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 17 ta g‘alaba qolmoqda.
Maxachev bundan oldingi jangida UFC 322 turnirida Jek Della Maddalenani ham hakamlarning qarori bilan mag‘lub etgan edi.
