REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kirita olmadi. Ravshan Haydarov shogirdlari 3-o‘rin uchun bahsda Xitoyga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

⚽️ Xitoy 2:2 O‘zbekiston

Penaltilar seriyasi: 4:3

Uchrashuvda hisobni 13-daqiqada Xitoy terma jamoasi futbolchisi Hu Hetao ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Sardorbek Bahromov hisobni tenglashtirdi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Ikkinchi bo‘lim boshida Xitoy yana oldinga chiqdi. O‘zbekiston esa uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida javob qaytardi. Zaxiradan maydonga tushgan Shodiyor Shodiboyev hujum yakunida qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

🥅 Bronza uchun bahs reglamentiga ko‘ra, qo‘shimcha taymlar o‘tkazilmadi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Afsuski, penaltilar seriyasida Xitoy 4:3 hisobida ustun keldi. O‘zbekiston esa yarimfinaldagi Yaponiya bilan bahsda bo‘lgani kabi, yana penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

🇨🇳 Xitoy — bronza medali sohibi
🇺🇿 O‘zbekiston — 4-o‘rin

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini medalsiz yakunladi.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama