Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turida «An-Nasr» o‘z maydonida «Al-Xolud» ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsning bosh qahramoni 15 daqiqa ichida uchta gol urishga erishgan Krishtianu Ronaldu bo‘ldi.
Uchrashuv qanday o‘tdi? O‘yin 41 yoshli portugaliyalik forvard uchun qiyin boshlandi — uning dastlabki bo‘limda kiritgan ikki to‘pi ofsayd tufayli hisobga olinmadi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda o‘yin tizgini mezbonlar qo‘liga o‘tdi:
- 66 va 72-daqiqalarda Joau Feliksning uzatmalaridan unumli foydalangan Ronaldu dubl qayd etdi;
- 81-daqiqada Sadio Manening uzatmasini darvozaga joylab, het-trikni rasmiylashtirdi;
- Uchrashuvda mezbonlar safidan Anjelo va Sadio Mane, mehmonlardan esa Julien Dominges (dubl) hamda Loik Essomba gol muallifi bo‘ldi.
Tarixiy ko‘rsatkichlar va Toshkentdagi bahs Bu Ronalduning faoliyatidagi 67-het-trik (klublarda 57, terma jamoada 10) bo‘lib, uning umumiy gollari soni 985 taga yetdi. Futbol tarixidagi afsonaviy 1000 ta gol marrasiga yetish uchun portugaliyalik hujumchiga yana 15 ta aniq zarba kerak.
«An-Nasr»ning navbatdagi uchrashuvi 2-noyabr kuni Toshkentda Osiyo Chempionlar ligasi doirasida «Paxtakor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
