REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Real Madrid CF yarim himoyachilari Federico Valverde va Aurélien Tchouaméni mashg‘ulot vaqtida yuz bergan mojaro sabab klub tomonidan jazolandi.

Madrid klubi rasmiy bayonotiga ko‘ra, har ikki futbolchi 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

Klub ma’lumotida futbolchilar sodir bo‘lgan holatdan afsusdaligi, bir-biridan hamda jamoadoshlar, murabbiylar shtabi va muxlislardan uzr so‘ragani aytilgan. Shuningdek, ular klub belgilaydigan har qanday jazoni qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Shundan so‘ng Real Madrid CF ichki tekshiruvni yakunlab, intizomiy qaror chiqardi.

Avvalroq OAVlarda futbolchilar mashg‘ulotdan keyin kiyinish xonasida janjallashib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayrim manbalarga ko‘ra, mojaro vaqtida Federico Valverde yiqilib, boshidan jarohat olgan va shifoxonaga murojaat qilgan.

Keyinchalik Valverde voqeaga izoh berib, jarohatni tasodifan stolga urilib olganini aytdi. U Aurélien Tchouaméni uni urmaganini ta’kidlab, vaziyatni ortiqcha bo‘rttirmaslikka chaqirdi.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama