REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

2026 yilgi Jahon chempionati hali boshlanmasidan katta mojaro markaziga aylandi. FIFA chiptalar savdosi bilan bog‘liq shikoyatlar sabab AQSHning Nyu York va Nyu Jersi shtatlari tomonidan tergov ostiga olindi.

Rasmiylarga ko‘ra, ko‘plab muxlislar qimmat narxda chipta xarid qilganiga qaramay, stadionda kutilgan joylarga ega bo‘lmagan. Ayrim futbol ishqibozlari maydonga yaqin o‘rindiq uchun pul to‘lagan bo‘lsa-da, keyinchalik ularning joyi orqaroq sektorlarga o‘zgartirilgani aytilmoqda.

Mojaroga FIFA tomonidan joriy qilingan yangi narxlash tizimi sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Tashkilot talab oshgan sari chipta narxlarini o‘zgartirib borgan va keyinchalik “Front Category” deb nomlangan yangi qimmat toifani ham sotuvga chiqargan.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

AQSH prokuraturasi ayniqsa MetLife Stadium dagi o‘yinlar uchun chiptalar qanday narxda sotilgani va o‘rindiqlar qanday taqsimlangani bo‘yicha hujjatlarni talab qilmoqda. Aynan shu stadion mundial finaliga ham mezbonlik qiladi.

Rasmiylar fikricha, muxlislar xarid qilgan chipta va amalda berilgan joy o‘rtasidagi farq oddiy iste’molchilar huquqiga zid bo‘lishi mumkin.

Mazkur tergov minglab futbol muxlislarining noroziligidan keyin boshlangan bo‘lib, JCh–2026 oldidan FIFA uchun jiddiy bosimga aylanishi mumkin.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama