REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

AQSHning Los-Anjeles shahrida UFC 331 turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy jangida engil vazn toifasi chempioni Joshua Van sobiq chempion Aleksandre Pantoja bilan revansh jangida oktagonga chiqdi.

Besh raund davom etgan bahs yakunida hakamlar bir ovozdan Joshua Vanning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa myanmalik jangchi chempionlik kamarini yana bir bor o‘zida saqlab qoldi.

24 yoshli Joshua Van UFC’dagi faoliyatini 2023-yilda boshlagan va 2025-yilda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. Uning UFC’dagi rekordi 11 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatdan iborat.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

36 yoshli Aleksandre Pantoja esa UFC’da 2017-yildan beri jang qilib kelmoqda. U 2023-yilda mazkur vazn toifasida chempion bo‘lgan va kamarini to‘rt marta himoya qilgan. Braziliyalik jangchining UFC rekordi 14 g‘alaba va 5 mag‘lubiyatdan iborat.

Ramazon Temirov ham shu vazn toifasida

Ushbu divizionda O‘zbekiston vakili Ramazon Temirov ham faoliyat yuritmoqda.

29 yoshli jangchi 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi “Etihad Arena”da o‘tkaziladigan UFC 333 turnirida oktagonga chiqadi. Uning raqibi angliyalik Lounyer Kavana bo‘ladi.

Hozirda ikki jangchi reytingda yonma-yon joylashgan: Kavana 6-o‘rinda, Temirov esa 7-pog‘onada turibdi.

Temirov so‘nggi jangini ham Abu-Dabida o‘tkazgan. 25-iyul kuni UFC Fight Night 282 turnirida u avstraliyalik Stiv Ersegni nokautga uchratgan.

Sarukyan birinchi raunddayoq g‘alaba qozondi

Turnirning asosiy jangidan oldingi bahsida yengil vazn reytingining 2-raqamli vakili Arman Sarukyan braziliyalik Maurisio Ruffiga qarshi jang qildi.

Sarukyan jangni birinchi raundning o‘zida nokaut bilan yakunladi. Raund tugashiga oz vaqt qolganida u raqibiga ketma-ket ikki tirsak zarbasi berib, jangni to‘xtatishga erishdi.

Bu Sarukyanning professional faoliyatidagi 24-g‘alabasi bo‘ldi. Uning 24 g‘alabasidan 16 tasi muddatidan oldin yakunlangan.

Maurisio Ruffining rekordi esa 14 g‘alaba va 3 mag‘lubiyatdan iborat. Braziliyalik jangchi 14 g‘alabasining 13 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama