“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal o‘zining futbol uslubi haqida fikr bildirib, o‘yini bilan boshqa futbolchilardan ajralib turishini ta’kidladi.
Yamalning fikricha, hozirgi Yevropa futbolida muxlislarga zavq bag‘ishlaydigan va o‘ziga xos uslubga ega futbolchilar ko‘p emas. U ayniqsa texnikasi va o‘yin uslubi bilan ajralib turishni maqsad qilganini aytdi.
“Menimcha, mening o‘yin uslubim va maydondagi xarakterim boshqalarnikidan farq qiladi. Yevropa futboli Messini hech qachon unutmaydi. Uning o‘yinini tomosha qilish doim zavq bag‘ishlaydi. Hozir esa muxlislarga futboldan zavq olish imkonini beradigan, men kabi o‘ziga xos uslubdagi futbolchilar kam”, — dedi Yamal.
Ispaniyalik futbolchi Neymar uning kumiri ekanini yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek, u “Oltin to‘p” uchun g‘olibni aniqlashda futbolchining o‘yin uslubi ham e’tiborga olinishi kerakligini aytdi.
Yamalning fikricha, ushbu nufuzli sovrin nafaqat statistikasi, balki maydondagi o‘ziga xosligi va boshqalardan ajralib turadigan futbolchiga berilishi kerak.
Lamin Yamal 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun nomzodlar ro‘yxatidan ham joy olgan. Taqdirlash marosimi 26-oktabr kuni Londonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yamal endigina yosh bo‘lishiga qaramay, futbol olamidagi eng katta individual sovrin uchun kurashayotgan futbolchilardan biriga aylangan.
