REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

“Barselona” kelasi yozda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar “Manchester Siti” Angliya Premyer-Ligasining moliyaviy qoidabuzarliklari bo‘yicha jiddiy jazoga duch kelsa va Holand klubni tark etishga qaror qilsa, “Barselona” ushbu vaziyatdan foydalanishga urinib ko‘rishi mumkin.

Hozirda kataloniyaliklar safida Rafinya markaziy hujumchi sifatida samarali o‘yin namoyish etib, muntazam gol urmoqda. Shunga qaramay, sport direktori Deku klassik markaziy hujumchi bilan tarkibni kuchaytirish rejasidan voz kechmagan.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

“Barselona” yozgi transfer oynasida “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvaresni ham tarkibga qo‘shishga harakat qilgan, biroq argentinalik futbolchi Madrid klubida qolgan. Shu sababli Holand ushbu pozitsiya uchun asosiy nomzodlardan biriga aylangan.

Biroq transferning amalga oshishi “Barselona”ning kelasi yozdagi moliyaviy imkoniyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli Holandning Kataloniya klubiga o‘tishi hozircha faqat ehtimoliy ssenariy sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” APL moliyaviy reglamentini buzish bo‘yicha aybdor deb topilgan. Klubga 2009/10–2017/18-yillar oralig‘idagi davr bo‘yicha 115 ta ayblov qo‘yilgan edi. Mazkur ishda moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar hamda liga moliyaviy qoidalariga rioya qilish masalalari ko‘tarilgan.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama