Angliya Premyer Ligasi klublari “Manchester Siti”ning moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ishini diqqat bilan kuzatmoqda. The Times xabariga ko‘ra, agar apellyatsiya jarayonidan so‘ng ham klubning aybi yakuniy tasdiqlansa, ayrim APL jamoalari “Siti”ga qarshi yirik moliyaviy da’vo kiritishni rejalashtirmoqda.
Raqib klublar o‘zlarining moliyaviy zarar ko‘rganini asoslash uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘lish, turnir jadvalidagi o‘rinlar va homiylik daromadlarining kamayishi kabi holatlarni keltirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, ayrim klublar ishning 2027/28-yilgi mavsumgacha cho‘zilishini istamayapti va jarayon joriy mavsum yakuniga qadar hal bo‘lishini kutmoqda.
“Manchester Siti” esa qaror yuzasidan apellyatsiya berish huquqiga ega. Yangi APL qoidalarida apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish muddatlari belgilangan bo‘lsa-da, ushbu ish yangi reglamentdan oldin boshlanganligi sababli, muddatlar bo‘yicha huquqiy bahslar yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, klublar ehtimoliy da’volar uchun yuridik vakillarni jalb qilayotgani aytilmoqda. Ularning asosiy talabi — agar “Siti”ning aybi yakuniy tasdiqlansa, klub sabab yetkazilgan deb hisoblangan moliyaviy zararni qoplash.
Bunday da’volar uchun “Everton” va “Byornli” o‘rtasidagi 35,1 million funtlik kompensatsiya qarori ham muhim huquqiy misol sifatida ko‘rilmoqda.
⚖️ Biroq “Manchester Siti”ga qarshi bunday da’volar apellyatsiya jarayoni to‘liq yakunlanmaguncha boshlanmasligi kutilmoqda.
