O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov 2027-yil 7-fevral kuni Sidneydagi «UFC Fight Night 298» turnirida avstraliyalik sobiq chempion Robert Uittakerga qarshi oktagonga chiqadi.
📌 Hamyurtimiz RED Corner MMA nashriga bo‘lajak jang haqida intervyu berdi:
- «Robert — sobiq chempion. Jangda g‘alaba qozonish uchun 3 yoki 4 ta reja tuzishimiz kerak bo‘ladi, qaysi biri ishlashini oktagonda bilib olamiz»;
- «U ko‘chadan kelgan yosh bola emas va u ham biror narsa tayyorlaydi. Shuning uchun barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz».
Ma’lumot uchun, hozirda yarim og‘ir vazn toifasi reytingida Guskov 10-o‘rinda, Uittaker esa 11-pog‘onada bormoqda.
