Page Six ma’lumotlariga ko‘ra, mashhur striming servisi MMA olamining eng yirik figurasi haqida maxsus loyiha tayyorlamoqda. Film premyerasi 2027-yilning birinchi choragiga mo‘ljallangan.
📌 Loyiha haqida asosiy faktlar:
- Qiziq holat: Netflix AQSHda UFC translyatsiya huquqlarini sotib olish bo‘yicha kurashda Paramount’ga yutqazgan bo‘lsa-da, Dana Uayt haqidagi filmni suratga olish fikridan qaytmadi;
- Ijodkorlar: Loyihani LeBron Jeyms, Stiven Kerri va Tom Bredi haqidagi mashhur hujjatli filmlar muallifi Gotem Chopra («Religion of Sports» studiyasi) boshqarishi kutilmoqda;
- Mavzu: Filmda 2001-yilda aka-uka Fertittalar bilan kichik turnirni sotib olib, uni global MMA imperiyasiga aylantirgan Dana Uaytning faoliyati yoritiladi.
