Ispaniya La Ligasi 35-turidagi markaziy bahsda FC Barcelona o‘z maydonida Real Madrid CF ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv juda tez boshlandi. 9-daqiqada Marcus Rashford jarima zarbasidan ajoyib gol urib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 18-daqiqada Ferran Torres Dani Olmo ning uzatmasidan unumli foydalanib, farqni ikkitaga oshirdi.
Qolgan daqiqalarda “Real” vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar ishonchli himoya evaziga ustunlikni saqlab qoldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng FC Barcelona muddatidan oldin La Liga chempionligini rasman qo‘lga kiritdi. Bu klub tarixidagi 29-chempionlik bo‘ldi.
Qiziq tomoni, “Barselona” ilk bor aynan “Real Madrid”ga qarshi El-Klasikoda chempionlikni rasmiylashtirdi.
La Liga, 35-tur
FC Barcelona 2:0 Real Madrid CF
⚽ Gollar:
- Marcus Rashford 9’
- Ferran Torres 18’
🟨 Ogohlantirishlar:
- Dani Olmo
- Raphinha
- Eduardo Camavinga
- Raúl Asencio
- Jude Bellingham
- Trent Alexander-Arnold
