REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Southampton F.C. atrofidagi mojaro yanada jiddiy tus olmoqda. Chempionship pley-offidan chetlatilgan klub futbolchilari rahbariyat harakatlaridan norozi bo‘lib, huquqiy choralar ko‘rish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar klubdagi muammolar haqida oldindan to‘liq xabardor bo‘lmagan. Jamoaning pley-offdan chiqarilgani haqidagi qaror ko‘pchilik o‘yinchilarga ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lgan.

Bu holat futbolchilar orasida keskin norozilik keltirib chiqargan. Endi klubning apellyatsiyasi rad etilsa, ayrim futbolchilar sudga murojaat qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ular bu masala bo‘yicha kasaba uyushmasidan ham huquqiy maslahat olgani aytilmoqda.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Yana bir muhim masala moliyaviy zarar bilan bog‘liq. O‘tgan mavsum Southampton F.C. Premyer-ligani tark etganidan keyin futbolchilar maoshining katta qismi qisqartirilgandi. Agar jamoa yana APLga qaytganida, avvalgi shartlar tiklanishi kerak edi.

Shu sabab klubning vaziyati futbolchilarning moliyaviy manfaatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

20 may kuni futbolchilar va klub rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama