REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

UEFA Chexiya ayollar terma jamoasining sobiq murabbiyi Petr Vlachovský ga nisbatan umrbod futboldan chetlatish jazosi qo‘lladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, murabbiy bir necha yil davomida ayol futbolchilarni kiyinish xonalari va dush paytida yashirin kamera orqali tasvirga olgan. Ayrim sportchilar voyaga yetmagan bo‘lgani ham aytilmoqda.

Tekshiruv davomida u mashg‘ulotlar va o‘yinlardan oldin hamda keyin futbolchilarni yashirincha videoga olgani aniqlangan. Holat oshkor bo‘lgach, mutaxassis huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Sud qaroriga ko‘ra, u jabrlangan sportchilarga kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘lgan. Keyinchalik Chexiya sudi murabbiyga shartli qamoq jazosi tayinladi hamda mamlakat hududida murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanishni taqiqladi.

Bundan tashqari, tergov davomida uning kompyuteridan noqonuniy materiallar topilgani ham ma’lum bo‘lgan.

UEFA endilikda FIFA ni ham ushbu jazoni xalqaro miqyosda qo‘llashga chaqirgan.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama