REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Manchester City F.C. bosh murabbiyi Pep Guardiola mavsum yakunida klubni tark etishini rasman e’lon qildi.

Klub bayonotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiylik faoliyatini yakunlasa-da, City Football Group tizimida ishlashda davom etadi. U global elchi va texnik maslahatchi sifatida faoliyat olib boradi.

55 yoshli murabbiy 2016 yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelayotgandi. Shu vaqt davomida jamoa:

Reklama
Hamkorlik reklamasi
  • 6 marta Angliya Premyer-ligasi,
  • 1 marta Chempionlar ligasi,
  • va umumiy hisobda 20 ta sovrin

qo‘lga kiritdi.


Klub tomonidan e’lon qilingan xayrlashuv videosida Gvardiola Manchester shahri, muxlislar va futbolchilar haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Ketishimning aniq sababi yo‘q. Shunchaki vaqt kelganini his qildim. Futbolda hech narsa abadiy emas. Ammo bu klubga bo‘lgan muhabbatim doim qoladi”, — dedi murabbiy.

U shuningdek Manchester shahri, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va pandemiya davrida klubning yonida bo‘lganini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Manchester City F.C. joriy mavsumni APLda ikkinchi o‘rinda yakunlamoqda.

Avvalroq OAVlarda Gvardiola o‘rnini italiyalik mutaxassis Enzo Maresca egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama