REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turi nafaqat turnir jadvali, balki hissiyotlarga boy xayrlashuvlari bilan ham yodda qoldi.

«Arsenal» mavsumni g‘alaba bilan yakunladi

Arsenal F.C. safarda Crystal Palace F.C. ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Chempionlikni oldindan hal qilib qo‘ygan londonliklar maydonga aralash tarkib bilan tushgan bo‘lsa-da, g‘alabani qo‘ldan boy bermadi. Gabriel Jezus va Noni Madueke gollari “Arsenal”ga ustunlik olib keldi. Mezbonlar faqat o‘yin oxirida Jan-Filipp Mateta orqali bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Bahsdan keyin “Arsenal” futbolchilari 22 yillik tanaffusdan keyingi tarixiy chempionlikni muxlislar bilan katta tantana ostida nishonladi.


«Manchester Siti» mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Manchester City F.C. o‘z maydonida Aston Villa F.C. ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab Semenyo hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Olli Uotkins ikkita gol urib, mehmonlarga g‘alaba keltirdi. O‘yin oxirlarida Fil Fodenning goli bekor qilindi.

Bu uchrashuv yana bir muhim voqea bilan esda qoldi. Pep Guardiola, Bernardo Silva va John Stones “Siti” bilan xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi.


«Liverpul» afsonalarini kuzatdi

Liverpool F.C. uyda Brentford F.C. bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Muhammad Saloh Kertis Jonsning goliga assist berib, APLdagi golli uzatmalari sonini 93 taga yetkazdi va klub rekordini yangiladi.

O‘yin davomida Mohamed Salah va Andrew Robertson muxlislarning olqishlari ostida maydonni tark etdi. Bu ularning “Enfild”dagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.


Brunu Fernandesh yangi rekord o‘rnatdi

Manchester United F.C. safarda Brighton & Hove Albion F.C. ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Jamoa sardori Bruno Fernandes yana tarixga kirdi. Portugaliyalik yarimhimoyachi mavsumdagi assistlari sonini 21 taga yetkazib, Premyer-liga rekordchisiga aylandi.

Shuningdek, u Angliya chempionatidagi golli harakatlari soni bo‘yicha Devid Bekhem natijasini ham ortda qoldirdi.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama