Klub prezidentligi uchun kurash qizg‘in tus olgan bir paytda, transfer bozorida ham shov-shuvli xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Florentino Peres jamoani kuchaytirish uchun yangi himoyachilar va yirik yulduzlarni olib kelishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Hatto 150 million yevrolik rekord transfer haqida ham gap-so‘zlar yurmoqda.
Shuningdek, Joze Mourinoning Madridga qaytishi ehtimoli ham futbol olamida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Bir tomonda tajriba va tarix, ikkinchi tomonda esa yangi g‘oyalar va katta va’dalar.
7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylov «Real Madrid»ning kelajakdagi yo‘nalishini belgilab berishi mumkin.
Sizningcha, «Qirollik klubi»ga yangi davr kerakmi yoki Peres bilan davom etgani ma’qulmi? 👇
Batafsil maqola saytimizda ⚽
