REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Yaponiyaning Nagoya shahrida XX yozgi Osiyo o‘yinlari rasman start oldi. 4-oktabrgacha davom etadigan musobaqada qit’aning 45 ta mamlakat va mintaqasidan qariyb 11 ming sportchi 43 sport turi bo‘yicha 469 ta medal jamlanmasi uchun bahslashadi.

Nagoyadagi ochilish marosimi

Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi Mizuho Park stadionida tashkil etildi. Ikki soatga yaqin davom etgan tadbirda musiqa, raqs va yorug‘lik shoulari namoyish etildi.

Musobaqani Yaponiya imperatori Naruxito rasman ochib berdi. Marosim davomida 45 ta delegatsiyaning paradi ham bo‘lib o‘tdi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Ochilish tadbirining asosiy mavzusi “Heartbeat” — “Yurak urishi” deb nomlandi. Kechaning eng muhim lahzalaridan biri Osiyo o‘yinlari mash’alasining yoqilishi bo‘ldi.

Tayyorgarlik jarayonida muammolar ham kuzatildi

Nagoyadagi musobaqaga tayyorgarlik jarayoni ayrim tashkiliy muammolar bilan kechdi. Sportchilar uchun alohida Olimpiya qishlog‘i tashkil etilmay, delegatsiyalar mehmonxonalar, vaqtinchalik yog‘och binolar va kruiz kemasiga joylashtirildi.

Ayrim jamoalar joylashtirish va bron qilishdagi chalkashliklardan noroziligini bildirgan. Shuningdek, 8-sentabr kuni kuchli yomg‘ir Nagoyaning ayrim hududlarida suv toshqinlariga sabab bo‘lib, yuzlab sportchilar vaqtinchalik binolardan xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston 396 nafar sportchi bilan qatnashmoqda

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlariga 42 ta sport turi bo‘yicha 396 nafar sportchi bilan tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida 224 nafar erkak va 172 nafar ayol sportchi bor.

O‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etayotgan 42 yo‘nalishning 36 tasi Olimpiya sport turlariga kiradi.

Nagoyadagi ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini bokschi To‘rabek Habibullayev va qilichboz Guliston Perdebayeva olib chiqdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Xanchjou-2023dagi natijasini yaxshilashni maqsad qilgan. Avvalgi Osiyo o‘yinlarida mamlakat sportchilari 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallagan.

Bu safar O‘zbekiston vakillari ilk bor plyaj voleyboli, voleybol, yelkanli sport, skvosh va MMA kabi yo‘nalishlarda ham qatnashmoqda.

O‘zbekistonning asosiy umidlari

Musobaqada O‘zbekistonning bir qator taniqli sportchilari medallar uchun kurash olib boradi:

  • Abdumalik Xalokov — boks, 60 kg. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni hamda 2023 va 2025-yilgi jahon chempioni.
  • To‘rabek Habibullayev — boks, 90 kg. 2025-yilgi jahon va 2024-yilgi Osiyo chempioni.
  • Razambek Jamalov — erkin kurash, 74 kg. Parij Olimpiadasi chempioni.
  • Akbar Jo‘rayev — og‘ir atletika, 110 kg. Tokio Olimpiadasi chempioni va Parij-2024 sovrindori.
  • Jasurbek Jaysunov — taekvondo, 80 kg. Ikki karra Osiyo chempioni.

Boks bahslarida Samandar Olimov, Shavkatjon Boltayev, Fazliddin Erkinboyev va Jahongir Zokirov kabi sportchilar ham O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Futbolda esa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi dastlabki ikki uchrashuvda Filippin ustidan 5:1, Kuvayt ustidan esa 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Paraosiyo o‘yinlari esa 18–24-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekistondan 11 ta sport turi bo‘yicha 153 nafar sportchi qatnashishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonlik sportchilarga Nagoyada omad tilaymiz!

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama