REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turniridagi ishtiroki uchun qancha mablag‘ olgani ma’lum bo‘ldi.

Ro‘ziboyev turnirda britaniyalik Maykl Peyjga qarshi oktagonga chiqdi. Besh raundlik jang yakunida hakamlarning yakdil qarori bilan Peyj g‘alaba qozondi.

Mag‘lubiyatga qaramay, Ro‘ziboyev jang uchun 57 ming dollar kafolatlangan gonorar oldi. Bundan tashqari, UFC’ning maxsus rag‘batlantirish dasturi orqali unga yana 6 ming dollar to‘langan.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Shu tariqa, o‘zbekistonlik jangchining Parijdagi turnirdan olgan jami daromadi 63 ming dollarni tashkil etdi.

Turnirning eng katta gonorarlari

Parijdagi turnirda eng ko‘p mablag‘ni Ro‘ziboyevning raqibi Maykl Peyj ishlab topdi. U jang uchun 147 ming dollar kafolatlangan to‘lov va g‘alabasi uchun yana shuncha mukofot olib, jami 294 ming dollarga ega bo‘ldi.

Eng yuqori daromad olgan jangchilar orasida:

  • Maykl Peyj — $294 ming
  • Losene Keyta — $242 ming, shundan $100 mingi maxsus bonus
  • Aksel Sola — $168 ming, shundan $100 mingi maxsus bonus
  • Dan Huker — $158 ming

Bundan tashqari, Salahdin Parnas va Mario Pinto yorqin chiqishlari hamda muddatidan oldingi g‘alabalari uchun 100 ming dollardan bonus oldi.

Kurtis Kempbell esa jangni muddatidan oldin yakunlagani uchun qo‘shimcha 25 ming dollarlik rag‘batlantirish puliga ega bo‘ldi.

Shunday qilib, Nursulton Ro‘ziboyev Parijdagi jangida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, turnirni 63 ming dollarlik daromad bilan yakunlagan.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama