REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

UFC yengil vazn divizionida 5-o‘rinda turgan Peddi Pimblett navbatdagi jangini kuchli raqiblardan biriga qarshi o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Angliyalik jangchi uchun eng qiziqarli variantlardan biri — sobiq chempion Iliya Topuriya bilan to‘qnashuv. Ikki sportchi o‘rtasidagi qarama-qarshilik anchadan beri davom etib kelmoqda.

Pimblettning aytishicha, UFC tomonidan unga Topuriya bilan jang qilish bo‘yicha hozircha rasmiy taklif kelib tushmagan. Shunga qaramay, u bunday jangga tayyorligini ochiq bildirdi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

“Topuriyaga qarshi jang qilishni istayman. U bilan hisob-kitob qilishni xohlayman”, — dedi Pimblett.

Pimblett so‘nggi jangini 12-iyul kuni UFC 329 turnirida o‘tkazgan. U fransiyalik Benua Sen-Denini atigi 52 soniyada bo‘g‘ish usuli orqali taslim etgan.

Bungacha esa britaniyalik jangchi vaqtinchalik chempionlik uchun bahsda Jastin Getjiga yutqazgan edi.

Pimblett keyingi jangida divizionning boshqa yetakchi vakillariga qarshi chiqish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda. U Getji, Arman Sarukyan, Charlz Oliveyra kabi jangchilarga qarshi bahslarni ham istisno qilmagan.

Angliyalik sportchi yil oxirigacha yana oktagonga chiqishni rejalashtirmoqda. Uning asosiy maqsadi esa yengil vazn toifasida UFC chempionligi uchun kurashish.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama