Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turniridan keyin o‘rta vazn toifasining yangilangan reytingi e’lon qilindi.
O‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev britaniyalik Maykl “Venom” Peyjga qarshi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgach, divizionning top-15 reytingidan chiqib ketdi. Uning o‘rnini amerikalik Jared Kannonye egalladi.
Mazkur mag‘lubiyat Ro‘ziboyevning professional MMA faoliyatidagi 10-mag‘lubiyati bo‘ldi. O‘zbekistonlik jangchi faoliyatida 37 ta g‘alaba va 2 ta durang ham qayd etgan.
Ro‘ziboyev uchun bu UFC’dagi yettinchi jang bo‘ldi. Hozir uning promoushendagi statistikasi 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyatdan iborat.
Maykl Peyjning statistikasi
39 yoshli Maykl Peyj UFC’da 2024-yil martidan buyon ishtirok etib kelmoqda. U tashkilotdagi faoliyati davomida 5 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Peyjning professional MMA rekordi esa 26 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatdan iborat.
Britaniyalik jangchi Parijdagi bahsdan oldingi so‘nggi jangini 2026-yil 21-mart kuni Sem Pattersonga qarshi o‘tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan.
