REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Suriya bilan uchrashuv oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi. Mutaxassis bo‘lajak bahs, tarkibdagi holat, darvozabonlar va Eron bilan o‘yindan chiqarilgan xulosalar haqida fikr bildirdi.

Kannavaro Suriya bilan bahs oldidan xavotiri Eron uchrashuvidagidan yuqoriroq ekanini aytdi. Uning fikricha, Suriya zich himoyalanadigan va intensiv futbol namoyish etadigan jamoa.

Murabbiy tarkibda rotatsiya bo‘lishini ham ma’lum qildi. Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lajak safarni hisobga olgan holda, zaxirada qolayotgan futbolchilarga ham imkoniyat berilishi kutilmoqda.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

🧤 Darvozabonlar masalasi

Kannavaroning so‘zlariga ko‘ra, Abduvohid Ne’matov mashg‘ulot vaqtida barmog‘idan jarohat olgan. Uning Suriya bilan o‘yinda ishtirok etishi tibbiy shtab xulosasidan keyin aniqlanadi.

U-17 terma jamoasi darvozaboni Ibrohim Shokirov esa mashg‘ulotlarda futbolchilar yetishmagani sababli asosiy terma jamoaga yordamga jalb qilingan.

Murabbiy darvozabonlar masalasida hozircha yakuniy qarorga kelmaganini, barcha nomzodlarga imkoniyat berilishini ta’kidladi.

⚽️ Eron bilan o‘yindan qanday xulosa chiqarildi?

Kannavaro Eron bilan uchrashuv qayta tahlil qilinganini aytdi. Murabbiy jamoada hujumlarni shoshilmasdan tashkil etish va vaziyatlarni yaxshiroq nazorat qilish zarurligiga e’tibor qaratgan.

Uning fikricha, ba’zi vaziyatlarda futbolchilar hujumni tezlashtirib yuboradi va barcha to‘plarni Eldor Shomurodov orqali o‘tkazishga urinadi.

«Ba’zan Eldor uch nafar raqib qurshovida turgan bo‘lsa ham, to‘pni faqat unga uzatyapmiz. Vaholanki, kerak bo‘lsa, hujumni ortga qaytib, qaytadan boshlash ham mumkin».

Murabbiy jamoaga sabr yetishmayotganini, shuningdek, uchrashuvlarning dastlabki 20 daqiqasida gol o‘tkazib yuborish holatlariga barham berish kerakligini qayd etdi.

Kannavaro kuchliroq terma jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish bo‘yicha ham ish olib borilayotganini bildirdi.

Shuningdek, u futbolchilar e’tiborini maydondagi vazifalarga qaratish kerakligini ta’kidladi va OAV bilan bog‘liq ortiqcha muhokamalar futbolchilarning asosiy maqsadidan chalg‘itmasligi lozimligini aytdi.

🇺🇿 O‘zbekiston — Suriya uchrashuvi 1-oktyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs 19:00 da boshlanadi.

#O‘zbekiston #Suriya #FabioKannavaro #EldorShomurodov #Uzbekistan #Futbol #TermaJamoa #TopGolUz

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama