REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Coca-Cola kompaniyasi va Uzbekistan Football Association hamkorligida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionatiga kuzatish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda minglab muxlislar, futbol ixlosmandlari va media vakillari ishtirok etdi. Marosimni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib berdi hamda milliy jamoaga mundial oldidan omad tiladi.

Tadbir arafasida terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi davlat rahbari bilan uchrashdi. Bu jamoa uchun muhim ruhiy qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Oqshomning asosiy voqealaridan biri Bunyodkor Stadium da o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Stadion muxlislar bilan to‘lib-toshdi va futbolchilar kuchli qo‘llab-quvvatlov ostida maydonga tushdi.

Marosim davomida stadion hududida turli interaktiv hududlar, fotozonalar va ko‘ngilochar dasturlar tashkil qilindi. Shuningdek, “Collecting Voices” loyihasi doirasida butun mamlakat muxlislarining ovozlari jamlangan maxsus rolik namoyish etildi.

Tadbir yakunida Sevara Nazarxon sahnaga chiqib, “Olg‘a O‘zbekiston!” shiori ostida chiqish qildi.

Mazkur kecha nafaqat sport tadbiri, balki O‘zbekiston futboli tarixidagi muhim voqealardan biri sifatida muxlislarni birlashtirgan katta bayramga aylandi.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama