REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

Polsha poytaxti Varshava shahrida o‘tkazilgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekiston jamoasi uchun tarixiy natija bilan yakunlandi.

Toshkentdagi 22-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan shakllantirilgan jamoa musobaqa davomida yuqori saviyada o‘yin namoyish etdi. O‘zbekistonlik yosh futbolchilar finalgacha bo‘lgan barcha bahslarda g‘alaba qozonib, hal qiluvchi uchrashuvda ham ustun kelishdi.

Shu tariqa, jamoa turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 35 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston vakillari esa qat’iyat, jamoaviy o‘yin va g‘alabaga bo‘lgan ishonch evaziga barcha raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu yutuq nafaqat yosh futbolchilar, balki butun O‘zbekiston sporti uchun ham muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama