REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari Jahon chempionati oldidan o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan ushbu bahs har ikki jamoa uchun mundial arafasidagi eng muhim sinovlardan biri sifatida qaralmoqda.

Qiziq tomoni, jamoalar bir kunning o‘zida ikki marta maydonga tushadi. Dastlab rasmiy o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda asosiy tarkib futbolchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng yana bir qo‘shimcha nazorat bahsi tashkil etiladi. Bu o‘yinda asosan zaxira futbolchilari va o‘yin amaliyotiga ehtiyoji bor futbolchilar maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv yopiq formatda o‘tkaziladi va tomoshabinlar hamda teleefir uchun ochiq bo‘lmaydi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Niderlandiya bosh murabbiyi Ronald Kuman bunday qaror barcha futbolchilarga o‘yin amaliyoti berish maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.

Tarixda ilk bor o‘zaro to‘qnash kelayotgan O‘zbekiston va Niderlandiya terma jamoalari uchun bu bahs mundial oldidan kuchlarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lsa, Niderlandiya ham turnirga asosiy da’vogarlardan biri sifatida yo‘l olmoqda.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama