REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida niderlandiyaliklar penalti ishlab oldi va Kodi Gakpo hisobni ochdi. Shundan so‘ng har ikki jamoa bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, hisob uzoq vaqt o‘zgarmay qoldi.

Bahs yakuniga yaqin Niderlandiya bir futbolchisi maydondan chetlatilib, o‘yinni kam sonli tarkibda davom ettirishga majbur bo‘ldi. Bundan unumli foydalangan O‘zbekiston terma jamoasi qo‘shib berilgan daqiqalarda Igor Sergeyevning goli evaziga muvozanatni tikladi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Biroq uchrashuvning so‘nggi soniyalarida mezbonlar yana penalti ishlab oldi. Kodi Gakpo ikkinchi marta aniq zarba yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi kuchli raqibga qarshi munosib kurash olib borgan bo‘lsa-da, bahs oxirida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fabio Kannavaro shogirdlari endi bor e’tiborini Jahon chempionati guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvlarga qaratadi.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama