REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

2026 yilgi Jahon chempionati oldidan kutilmagan holat yuz berdi. Turnir o‘yinlarida ishlashi rejalashtirilgan somalilik hakam Omar Artan AQSh hududiga kira olmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, referi Mayami aeroportiga yetib kelganidan so‘ng chegara nazoratidan o‘ta olmagan va mamlakatga kirishiga ruxsat berilmagan. Shundan so‘ng u ortga qaytarilgan.

FIFA ushbu vaziyat yuzasidan munosabat bildirib, mezbon davlatlarning migratsiya va viza masalalari federatsiya vakolatiga kirmasligini ma’lum qildi. Shu sababli tashkilot mazkur qarorga aralasha olmasligini bildirgan.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

AQShning tegishli idoralari ham kirishga ruxsat berilmaganini tasdiqlagan, biroq qarorning aniq sabablariga izoh bermagan.

Omar Artan esa yuzaga kelgan vaziyatga qaramay, futbol faoliyatini davom ettirishini aytdi. U o‘zini qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorlik bildirib, Jahon chempionatida ishlaydigan hamkasblariga omad tiladi.

E’tiborlisi, Artan Afrika futbolidagi eng nufuzli hakamlardan biri hisoblanadi. U yaqinda qit’aning eng yaxshi referilaridan biri sifatida e’tirof etilgan va Jahon chempionatida ishlashi rejalashtirilgan ilk somalilik hakam sifatida tarixga kirgandi.

Mazkur voqea mundial arafasida sport va immigratsiya masalalari kesishgan yana bir bahsli holat sifatida futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama