REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

O‘zbekistondagi professional futbol klublarini xususiy sektor boshqaruviga o‘tkazish masalasi iqtisodchi Otabek Bakirov tomonidan ham muhokama qilindi. U klublarni tadbirkorlarga ishonchli boshqaruvga berishning o‘zi futbolni biznes sifatida rivojlantirish uchun yetarli emasligini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, 11 ta professional klubni — “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Mash’al”, OKMK va “Paxtakor”ni — tadbirkorlar yoki tadbirkorlar guruhlariga ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan.

Shartlarga ko‘ra, boshqaruvga kiruvchi tadbirkorlar klubning yillik xarajatlarining kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘i ajratishi kerak. Shu bilan birga, ular uchun ayrim soliq imtiyozlari, kredit va televideniyedagi reklama bo‘yicha yengilliklar ham nazarda tutilgan.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Bakirovning fikricha, futbol klublarining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligi uchun faqat xususiy boshqaruvga o‘tishning o‘zi kifoya qilmaydi. Uning ta’kidlashicha, klublar faoliyatiga davlat tashkilotlari va mahalliy hokimliklarning aralashuvi ham kamayishi kerak.

Iqtisodchi tadbirkor futbol klubiga mablag‘ kiritishdan manfaatdor bo‘lishi uchun sarflangan mablag‘ evaziga qonuniy va barqaror iqtisodiy daromad olish imkoniyati mavjud bo‘lishi zarurligini qayd etdi.

Shuningdek, u barcha klublar xususiy boshqaruv ostida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmasligi mumkinligini ham aytib, bozor talablariga javob bera olmaydigan jamoalar soni qisqarishi ehtimolini bildirdi.

Bakirovning fikricha, kelajakda davlat mablag‘larisiz faoliyat yurita oladigan klublar asosida professional chempionatni shakllantirish masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama