Transfer bozorini kuzatib boruvchi nufuzli platformalardan biri Angliya Premyer-ligasi futbolchilarining yangi bozor qiymatini e’lon qildi. Yangilangan reytingga ko‘ra, Abduqodir Husanov ning narxi sezilarli darajada oshdi.
Manchester City F.C. safida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik himoyachi endi 50 million yevroga baholanmoqda. So‘nggi yangilanishda uning transfer qiymati 15 million yevroga oshib, APLda narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar o‘ntaligidan joy oldi.
Yosh himoyachi joriy mavsumda ingliz futboliga tez moslashib, «Manchester Siti» tarkibida muhim futbolchilardan biriga aylandi. Barqaror o‘yinlari natijasida u nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyoning eng qimmat futbolchisi maqomiga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Husanov sobiq ittifoq mamlakatlari vakillari orasida ham Angliya Premyer-ligasidagi eng yuqori transfer qiymatiga ega futbolchi sifatida qayd etildi.
Ayni paytda Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mundial guruh bosqichida «oq bo‘rilar» Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
