REKLAMA
COLBET Reload Sport — 100% bonus
Mon. Nov 23rd, 2026

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatni e’lon qildi.

Bosh murabbiy Fabio Cannavaro yig‘inga jalb etilgan futbolchilardan ayrimlarini yakuniy tarkibga kiritmadi. Natijada Umarali Rahmonaliyev, Jasur Jaloliddinov, Sherzod Temirov va Ruslan Jiyanov mundial qaydnomasidan o‘rin olmadi.

Yakuniy tarkibdan 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 10 nafar yarim himoyachi va 3 nafar hujumchi joy oldi.

Reklama
Hamkorlik reklamasi

Jamoaning asosiy umidlari qatorida Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev, Jaloliddin Masharipov va sardor Eldor Shomurodov bor.

O‘zbekiston terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Guruhdagi keyingi raqiblar Portugaliya va Kongo DR bo‘ladi.

Jahon chempionati oldidan «oq bo‘rilar» yana bir nazorat uchrashuvida Niderlandiya bilan kuch sinashadi. Bu bahs jamoaning mundial oldidan so‘nggi jiddiy sinovlaridan biri bo‘ladi.

Reklama
1xBet reklama

By Ismatbek

TopGol.uz muxbiri. Oʻzbekiston va jahon futboliga oid eng soʻnggi yangiliklar, transferlar va eksklyuziv maʼlumotlarni yoritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Reklama